"Paxtakor"ga Xolmatovning transferi bo‘yicha taklif bo‘ldimi? Klub rasmiysidan javob

  • 21 dekabr, 2023, 23:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya tomonlardan "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Diyor Xolmatov "Rostov"ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Hatto "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpinning shaxsan o‘zi Diyor bilan telefon orqali suhbatlashgan ham aytilmoqda.

"Paxtakor" klubi bosh direktori Dmitriy Adisman "Sport24" nashriga bergan intervyusida klub yarim himoyachi uchun "Rostov"dan rasmiy taklif olmagan.

Jurnalist Ivan Karpov o‘zining telegramdagi sahifasida 21 futbolchiga "Rostov" qiziqish bildirgani haqida ma’lumot bergandi. Uning yozishicha, rossiyaliklar Diyorni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan.

- "Rostov" yoki boshqa jamoalardan Diyor Xolmatovni ijaraga olish, transfer qilish bo‘yicha takliflar bo‘lmagan. Bu futbolchi bo‘yicha "Paxtakor"ga hech qanday so‘rov yoki xat yo‘llanmadi, uning o‘zi esa hozir O‘zbekiston milliy terma jamoasi ihtiyorida, - dedi Dmitriy Adisman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
23/12/2023 17:01
Нима гап
Ишончли хабарми