
Pepe faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin
Madridning "Real" klubi himoyachisi Pepe faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha 34 yoshli futbolchini Turinning "Yuventus" jamoasi o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
Aytish lozimki mavsum so‘nggida portugaliyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi va katta ehtimol bilan u erkin agentga aylanadi. Avvalroq Pepe faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pepe joriy mavsum 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yojdirib qo‘ygan.
Fikrlar