Peres: "Rikelme kimligini bilmayman"
Madridning "Real" klubida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi rahbar Florentino Peres 65 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Uning raqibi Enrique Rikelme esa 35 foiz ovozga ega bo‘ldi.
Saylov natijalari e’lon qilinгач, Peres raqibi haqidagi savolga keskin javob qaytardi.
"Rikelme munosib raqib bo‘ldimi? Bu haqida hech narsa deya olmayman, chunki uni kimligini bilmayman", — dedi Peres.
Shu tariqa, Florentino Peres "Real" prezidenti sifatida 2030 yilgacha o‘z lavozimida qoladi. U klubni 2009 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Rikelme Erling Holand bilan kelishuvga erishilgani va Yurgen Kloppning jamoaga kelishi mumkinligini aytgan edi. Biroq keyinchalik futbolchi va murabbiy tomoni vakillari bu ma’lumotlarni rad etdi.

Fikrlar