
Petra Martich g‘alaba qozondi
“Australian Open – 2018” turnirining xotin-qizlar o‘rtasidagi uchinchi davra bahslarida xorvatiyalik Petra Martich g‘alaba qozondi.
Petra ushbu bosqichda Tailand sharafini himoya qilgan Luksika Kumxumni uch setda - 6:3, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Belgiyalik Elize Mertens esa frantsiyalik Alize Korneni 7:5, 6:4 hisobida engib, to‘rtinchi davraga chiqdi.
Endi Mertens va Martich musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bahslashadi.
Fikrlar