Pochettino endi AQShdan ketolmaydi
AQSh futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan shartnomani yana to‘rt yilga uzaytirish bo‘yicha taklif kiritdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh terma jamoasi rahbariyati va Pochettino bir necha oydan beri hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda. Yangi shartnoma bo‘yicha yakuniy qaror jahon chempionati yakunlangandan so‘ng qabul qilinishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Pochettino xizmatlariga qator Yevropa klublar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berildi.
Pochettinoning AQSh terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi hozir o‘tayotgan jahon chempionati oxirigacha mo‘ljallangan.
Mavjud kelishuvga ko‘ra, mutaxassis yiliga 4 million dollar maosh olyapti. Agar shartnoma uzaytirilsa, uning maoshi oshishi mumkin va 54 yoshli murabbiy dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan ustozlar qatoriga kiradi.
Jahon chempionati guruh bosqichida AQSh terma jamoasi Paragvayni 4:1, Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi, Turkiyaga qarshi bahsda esa 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
1/16 finalda AQSh Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar