Pochettino Messini olib keladi

  • 26 dekabr, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Parijliklar PSJning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy da’vogarlardan biri Maurisio Pochettino hamyurti Lionel Messini olib kelishiga ishonmoqda.

Germaniyalik Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatgan parijliklar Pochettino bilan 2023 yilgacha shartnomani kelishib bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Le Parisien  nashrining ta’kidlanishicha, Pochettino PSJni qabul qilib oladigan bo‘lsa, klubga Lionel Messini olib kelish imkoniyati sezilarli darajada oshadi. Chunki argentinalik mutaxassis anchadan beri Lionel Messi bilan ishlashni orzu qilishini aytib keladi.

Bundan tashqari, Maurisio ham, Messi ham futbolga bir jamoa – “Nyuells Old Boyz” klubida qadam qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
27/12/2020 11:50
2003 колдими Газ Свет йукми совукми Унда таппи ёкинг исинасиз