Pogba nihoyat o‘ziga jamoa topdi

  • 22 iyun, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Pogba o‘zi duch kelgan muammolardan qutilib, yana yashil maydonga qaytishga harakat qilmoqda.

Tecno

Ma’lumki, “Yuventus” va “Manchester Yunayted”da porlagan yulduz doping mojarosi tufayli futboldan chetlatilgan edi. Dastlab, Pogbaga to‘rt yillik diskvalifikatsiya qo‘llanildi. Keyinchalik bu muddat 18 oyga tushirildi.

Pol Pogba diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Mashhur futbolchi o‘ziga mos jamoa qidirayotgan edi.

Taniqli insayder Santi Aunaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik yarim himoyachi “Monako” bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Frantsiya klubi Pogbaga ikki yillik shartnoma berdi.

Pol Pogbaning oldida “Marsel” va Saudiya Arabistoniga o‘tish variantlari ham bor edi. Biroq “Monako” tajribali o‘yinchini ko‘ndirishni uddalagan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!