Pogba ortiq jamoasiga kerak emas
Rotterdamning “Sparta” jamoasi yarim himoyachi Mate Pogba bilan shartnomani bekor qilganini ma’lum qildi.
“Sparta” jamoada o‘zini ko‘rsata olmagan Pogba bilan xayrlashadi. Tomonlar futbolchi uchun eng yaxshi variant bo‘lgan – boshqa jamoada faoliyat olib borishi”ga kelishishdi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Pogba Gollandiya chempionatida 14 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga erishgan edi.
Mate Pogba MYu futbolchisi Pol Pogbaning katta akasi ekanligini aytish joiz.



Fikrlar