
Polshalik Zelinski "Inter"ga o‘tishga tayyor
"Napoli" futbolchisi Petr Zelinski faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli "Calciomercato" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi milanliklar safiga qo‘shilishga rozilik bildirgan. U erkin agent sifatida "neradzurrilar" tarkibini to‘ldiradi.
Petr "Inter" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va uning yillik maoshi 4,5 million evroni tashkil etishi aytilmoqda.
Fikrlar