
Postekoglu: "VAR futbolni o‘ldiryapti"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Postekoglu "Chelsi"ga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng texnologiyalarning hakamlikka ta’siri haqida norozilik bildirdi.
69-daqiqada Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo VAR bu golni bekor qildi. Sababi – senegallik futbolchi Moyzes Kaysedodan to‘pni qoidabuzarlik bilan tortib olgan deb topildi.
Postekoglu ushbu qarordan keyin VARga qarshi keskin fikr bildirdi:
"Tez orada hakamlikni sun’iy ong bajaradi. Keyin esa u futbolchilarni ham almashtiradi. Hatto, o‘yinni ishtirokchilarsiz o‘tkazishadi. Bu qanday futbol bo‘ladi?"
Murabbiy VAR tizimi futbolning ruhiyatiga ziyon etkazayotganini ta’kidladi:
"VAR paydo bo‘lganda, kim bundan shunday mikroskopik qarorlar qabul qilinishini kutgan edi? Bu menga yoqmaydi va hech qachon yoqmagan."
Postekoglu Sarrning goli bekor qilingan vaziyat haqida ham fikr bildirdi:
"VAR futbolni o‘ldiryapti. "Yaqqol va ochiq xatolar" bo‘yicha qaror chiqarish uchun 6 daqiqa vaqt sarflash – bu aqlga sig‘maydigan narsa!" - dedi avstraliyalik mutaxassis.
Fikrlar