
Prevyu. "Andijon" - "Navbahor"
Superliganing 19-turida “Andijon” 23 sentyabr sanasida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. Barcha e’tibor bo‘lajak uchrashuvga qaratilgan va muxlislarning ham qiziqishi juda katta.
Jamoalarning statistik raqamlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu ikki jamoa chempionat doirasida shu kungacha 53 marotaba kuch sinashishdi. Shularning 11 tasida “Andijon”ning qo‘li baland kelgan. “Navbahor”da esa 27 g‘alaba bor. Yana 15 ta bahsda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati 49\76 namanganliklar foydasiga.
Joriy mavsumning birinchi davrasida Namanganda o‘tkazilgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘olib chiqishgan. “Andijon” ushbu raqibini oxirgi bor 2021 yili Namanganda yagona gol evaziga yutgan. Shuningdek, Andijondagi oxirgi g‘alaba 2016 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ham jamoamizning g‘alabasiga birgina gol kifoya qilgan.
Biz ishonamizki, navbatdagi to‘qnashuvda “Andijon” o‘z g‘alabasi bilan ishqibozlarini xursand qiladi. Shunday ekan, barcha muxlislarni 23 sentyabr kuni “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tadigan vodiy derbisiga chorlab qolamiz. Bellashuv 18:00 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar