Prevyu. "Mash’al" - "Andijon"

  • 17 avgust, 08:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Andijon” jamoasi Superliganing 19-tur doirasida G‘uzorda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Birinchi davrada “Bobur arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Andijon” Ilhom Abdug‘anievning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan.

Ushbu klublarning ilk to‘qnashuvi 1995 yildan boshlangan bo‘lib, shu vaqtga qadar milliy chempionatda 35 marta to‘qnash kelishgan. “Mash’al”da 18, “Andijon” 12 g‘alaba bor. 5 ta o‘yin durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 39\50 muborakliklar foydasiga.

“Andijon” safarda “Mash’al”ga qarshi so‘nggi bor 2021 yilgi mavsumda o‘ynagan va 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.

O‘yin bugun G‘uzordagi “Markaziy” stadionda soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!