Prevyu. "Paxtakor" - "Andijon"

  • 12 aprel, 10:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 5-tur o‘yinida 13 aprel kuni "Sherlar" Toshkentda "Andijon"ni qabul qilishadi.

Tecno

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 56 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 41 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 bahsda durang natija qayd etilgan. Faqat 6 marta "Andijon" futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan. Raqib darvozasini 132 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 39 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentda o‘tkazilgan 28 bahsning 24 tasida mezbonlar zafar quchgan. 4 bahsda esa kuchlar teng kelgan. Yuqori ligada "Andijon" ko‘p mavsum o‘ynagani sababli mazkur jamoalar to‘qnashuvi ham tarixiy uchrashuvlardan hisoblanadi. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija - 6:0 hisobi 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan.

"Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 13 aprel, yakshanba kuni "Jar" stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!