Prevyu. "Qizilqum" - "Mash’al"

  • 5 oktabr, 11:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turida Muborakning  “Mash’al” Navoiyning “Qiziqum” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Navoiyda bo‘lib o‘tadigan “Qizilqum” - " Mash’al " uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shohruh Maqsudov va Adham Rixsiboevlar yordam berishadi. Zahira hakami Zufar Ergashev. Hakamlar Aleksandr Popov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Shohruh Said.

O‘zaro o‘yinlarda ushbu jamoalar shu kungacha chempionat bahslarida 35 marta to‘qnash kelgan. G‘alabar bo‘yicha “Qizilqum” 11 ta, “Mash’al” esa 10 tadan yutuqqa erishgan. 14 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 46 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, navoiylar esa 44 gol urishgan.  

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:1 ga teng. “Qizilqum”da bu ko‘rsatkich 6:3 bo‘lib turibdi.

"Qizilqum" - "Mash’al" bahsi bugun soat 19:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!