Prevyu. "Sho‘rtan" - "Navbahor"

  • 19 avgust, 15:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "Navbahor" klubi G‘uzorda “Sho‘rtan” mehmoni bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, g‘uzorliklar 7 yillik tanaffusdan so‘ng, joriy mavsumda yana Superligaga qaytishdi. "Navbahor" matbuot xizmati o‘yin oldidan prevyu taqdim etdi.   

Tecno

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 25 marta ro‘baro kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 13 tasida namanganliklar yutuqqa erishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 8 ta o‘yinda esa “Sho‘rtan” zafar quchgan. To‘plar nisbati –  40-34, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, “lochinlar” 2010 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.

G‘uzorliklarning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi ham 4:0 hisobi bilan yakunlangan uchrashuv bo‘lib, “Sho‘rtan” 2010 yilda o‘z maydonida shunday hisobda zafar quchgan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 43 ochkoni, g‘uzorlikliklar esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

G‘uzorda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvning 7 tasida “Sho‘rtan”, 4 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan.

G‘uzorliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 23 ta gol urib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan. Ushbu klublarning birinchi davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida namanganliklar Igor Gabriel (45+3) va Abbosjon G‘ulomov (90+7)larning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.    

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Navbahor” bahsi 20 avgust kuni G‘uzor shahridagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!