Prevyu. "Surxon" - "Qo‘qon-1912"

  • 3 aprel, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 4-turi doirasida 4 aprel sanasida Termizda “Surxon” “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Jamoalar O‘zbekiston Oliy liga tarixida o‘zaro 24 marta to‘qnash kelgan, har ikkala jamoada 11 tadan g‘alaba mavjud. Yana 2 ta o‘yinda durang qayd etildi. To‘plar nisbati — 38:37, “Qo‘qon-1912” foydasiga.

So‘nggi o‘zaro uchrashuv klublar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan. 2023 yil yozida jamoalar musobaqaning guruh bosqichi 3-turida to‘qnash kelishgan. O‘shanda “Surxon” yirik hisobda – 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarni Jahongir Abdusalomov, Artyom Sokol, Asilbek Jumaev va Silvanus Nimeli kiritishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!