«PSJ» Barkolani 150 mln yevroga sotishga tayyor

  • 17.07.2026 15:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning yetakchi klublaridan biri «PSJ» yozgi transfer oynasidan oldin yarim himoyachi-hujumchi Bredli Barkolani sotish niyatida emas. Shu bilan birga, parijliklar 23 yoshli vinger uchun 150 million yevro atrofida taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. Bu haqida L'Equipe nashri xabar berdi.

 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Barkolaga «Liverpul» va «Arsenal» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq «PSJ»ning qat'iy pozitsiyasi tufayli futbolchining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror yoz fasli oxirigacha cho‘zilishi mumkin.

 

O‘tgan mavsumda Barkola barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

 

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Barkolaning bozor qiymati hozirda 70 million yevroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!