PSJ "Barsa"ni "sindirmoqchi"
Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni PSJ «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani va unga kataloniyaliklar taklif qila oladiganidan ancha foydaliroq shart-sharoit taklif etishga tayyorligi haqida Diario Sport xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar futbolchiga allaqachon aniq signal yuborishgan: agar «Barselona» shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif kiritса, uning istalgan variantidan ustunroq shartlarni taklif qilishga tayyor. PSJ 26 yoshli ispaniyalik hujumchiga besh yillik shartnoma va hozirgi maoshidan ancha yuqori ish haqi taklif qilmoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki muloqotlar jahon chempionati paytidayoq boshlanganі aytilmoqda. Ferran Torres hozircha kamida fransuz klubi taklifini tinglashga rozi bo‘lgan. Parij klubi rahbariyatining fikricha, sport loyihasining o‘zi, moliyaviy imkoniyatlar va yana Luis Enrique qo‘l ostida o‘ynash imkoniyati hujumchini ko‘ndirishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, vaziyatni futbolchining o‘ziga xos pozitsiyasi murakkablаshtirmoqda. Ferran hali ham «Barselona»ga ruhan bog‘langan va agar kataloniyaliklar yangi hujumchi olib kelmasa, u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, uni klubning o‘ziga nisbatan munosabati ranjitgani aytiladi: boshqa futbolchilar bilan shartnomalar yangilanar ekan, Torres bilan bitimni uzaytirish bo‘yicha uzoq vaqt aniq qadamlar qo‘yilmaganі unga yoqmagan.

Fikrlar