PSJ “Barsa” yulduzini tekinga olmoqchi
“Pari Sen-Jermen” jamoasi “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Frantsiyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.
Dembele “Barselona” bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni cho‘zib yuribdi. U kelajagi haqida Evropa chempionatidan keyin bir qarorga kelishini aytgan.
PSJ esa, Dembeleni “Barselona” bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka ko‘ndirmoqchi va kelasi yili uni o‘z tarkibiga erkin agent sifatida tekinga qo‘shib olmoqchi.
Kataloniya klubi rahbariyati Usmon yangi shartnoma bo‘yicha uchrashuvdan qochib yurgani uchun uni boshqa klub bilan kelishib qo‘yganlikda gumon qilmoqda.



Fikrlar