
PSJ "Real" hujumchisini nishonga oldi
Frantsiyaning PSJ klubi "Real Madrid" hujumchisi hisoblangan Rodrigo uchun kurashga kirishdi.
"Fichajes" nashrining xabar berishicha, parijliklar "qirollik klubi" futbolchisi Rodrigoga juda katta qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra. "Pari Sen-Jermen" braziliyalik o‘yinchi uchun madridliklarga 100 million evro taklif qilishga tayyor.
So‘nggi kunlardagi mish-mishlarga qaraganda, hujumchi uchun Saudiya klublari ham shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq, "qaymoqranglilar" bir necha yaxshi takliflar bo‘lishiga qaramasdan, futbolchisini sotib yubormoqchi emas. Bundan tashqari, Vinisiusni ham hech qaysi jamoaga sotmoqchi emasligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli qanot hujumchisi bu mavsum "Real" safida 28 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar