
PSJ sardori jarohat oldi
PSJ klubi sardori Markinos jarohat sabab bir necha haftaga safdan chiqdi.
Parij klubi rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga qaraganda, Markinos oyog‘ining son qismidan olgan jarohati sabab jamoaning kelasi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.27 sentyabr kuni PSJ Frantsiya chempionatining 6-turida "Oser"ni qabul qiladi, 1 oktyabrda esa Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahslarda braziliyalik himoyachi jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Markinosdan tashqari, Joau Nevesh, Desire Due va Usmon Dembeleda ham jarohat mavjud.
Fikrlar