PSJ yangi yulduz bilan muzokara boshladi

  • 01.08.2026 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nidarlandiya chempionatida porlagan «Ayaks» yarim himoyachisi Mika Godts «Pari Sen-Jermen» klubining navbatdagi transfer maqsadiga aylandi. 

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, parijliklar 21 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Rejaga ko‘ra, iqtidorli belgilaylik futbolchi «Monako» yarim himoyachisi Magnes Aklyush bilan birga jamoaga qo‘shiladi. Aklyush bo‘yicha bitim yakunlash arafasida ekani aytilmoqda.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Mika Godtsning transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi. 

Yosh vinger «Ayaks»ning asosiy tarkibida shu vaqtagacha 113 o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan va 27 ta golli pas bergan. Belgiya terma jamoasi safida esa hozircha ikki marta maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!