
PSJ zo‘r hujumchi oldi
PSJ mutasaddilari transfer bozori yopilishi arafasida yana bir yangi o‘yinchini qo‘lga kirita oldi.
“Lion” hujumchisi Bredli Barkola bundan buyon Parij klubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar 20 yoshli futbolchi uchun “Lion”ga 45 million evro to‘laydi. Bundan tashqari, yana besh million evrolik bonuslar berilishi kelishib olingan.
PSJ iste’dodli hujumchi bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Barkola o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘lgan edi.
Transfermarkt portalida yosh o‘yinchining badal puli 18 million evro ekani ko‘rsatilgan. “Lion” bu summadan bir necha baravar ko‘p foyda qildi.
Fikrlar