Pul ketsa ham, shu himoyachi kelsin
Niderlandiya terma jamoasi va «Brayton» klubi markaziy himoyachisi Yan-Paul van Xekke «Tottenxem» safini to‘ldirishi kutilmoqda.
Jurnalist Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, London klubi 26 yoshli gollandiyalik futbolchini 52 million funt (taxriban 60 million yevro) evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Van Xekkening «Tottenxem»ga o‘tishi klub bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi tashabbusi bilan amalga oshmoqda. Italyalik mutaxassisi ungacha futbolchi bilan «Brayton»da birga ishlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachi bilan shaxsiy shartnoma borasidagi muzokaralar o‘tgan haftaoq yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yili «Brayton» van Xekkenini Niderlandiyaning «Breda» klubidan atigi ikki million yevro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar