
Qamshibek professional boksda debyut qiladi
23 avgust kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “MTK Global” hamda “MTK Kazakhstan” hamkorligida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Unda bir qator qozog‘istonlik bokschilar ringga ko‘tariladi. Jumladan, bizga yaxshi tanish bo‘lgan Tursunboy Qulaxmet ham o‘z jangini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Biroq uning raqibi hali ma’lum emas. Shuningdek, ikki karra jahon va Osiyo chempionati kumush medal sohibi Qamshibek Ko‘nkabaev ham professional ringdagi debyut jangini o‘tkazadi. Unga anchagina tajribali bo‘lgan hamyurti Issa Akberbaev raqiblik qiladi.
Akberbaev professional boksda 21 ta jang o‘tkazib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora mag‘lubiyat qayd etgan. Mazkur mag‘lubiyatni Rio Olimpiadasi chempioni, professional yo‘nalishda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan rossiyalik Evgeniy Tishchenkodan qabul qilib olgandi. Darvoqea, Qamshibek debyut jangini birinchi og‘ir vazn toifasida o‘tkazadi.
Fikrlar