Qiyin taqvim va jarohatlar

  • 5 oktabr, 04:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada o‘tgan mavsum chempionga aylangan "Nasaf" ketma-ket ikkinchi marta birinchi o‘rinda mavsumni yakunlashga harakat qilmoqda. Jamoa 24-turda "Bunyodkor" mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi va "Neftchi"ga yaqinlashib olish uchun imkonini berdi. Ushbu uchrashuvdagi yana bir "ajdarlar" uchun yoqimsiz narsa bu Sharof Muhitdinovning jarohat olgani bo‘ldi. Futbolchi 6-daqiqada Mali bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan keyin o‘ng tizzasidan jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa bahsni G‘olib G‘aybullaev davom ettirdi. 

Tecno

"Nasaf" uchun bu yoqotish yagona emas. Qarshiliklar oldinroq "Baniyas"ga o‘tgan Akmal Mozgovoyga ajoyib o‘rinbosar bo‘lib berayotgan Murod Rahmatovni ham yo‘qotishgandi. Yarim himoyachi "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va noyabrgacha safdan chiqqan. Shuningdek, yozgi transferlar oynasida tarkibga kelib qo‘shilgan Adenis Shala va Kingsli Sokarilar ham lazaretda. "Al-Hilol" darvzasini ishg‘ol qilgan Javohir Sidiqov esa o‘sha bellashuvning o‘zida maydonni jarohat sabab tark etgandi. 

"Ajdarlar" so‘nggi 19 kun ichida Osiyoning eng kuchli klublari bo‘lmish "Al-Ahli" va "Al-Hilol" bilan o‘ynadi. Qo‘shimchasiga Superliganing 3 ta turini o‘tkazdi, ya’ni umumiy 5 ta uchrashuv. Ta’kidlash joiz, bu o‘yinlarning barchasida katta kuch sarflandi va so‘nggi bahsda jamoada charchoq borligini Ro‘ziqul Berdiev ham ta’kidlab o‘tdi: "Bunyodkor"ning birinchi taymda tetikligi ularga foyda berdi. Ikkinchi bo‘limda jismoniy holat tenglashganidan keyin biz ham vaziyatlar yaratdik", - dedi murabbiy matbuot anjumanida. 

"Nasaf" uchun eng qiyini endi boshlanayotgan bo‘lishi mumkin. Sababi, klubni keyingi turda 4 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayotgan "Qo‘qon-1912", undan keyin esa OKMK, "Navbahor" va "Dinamo"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Qo‘shimchasiga jamoa  "Shabab Al-Ahli", "Al-Vahda", "Traktor" va "Al-Ittihod" jamoalari bilan kuch sinashishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!