
"Qo‘qon-1912" yangi taktik ishlanmalar ustida ish olib bormoqda
"Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchilari Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar, deya ma’lum qiladi klub matbuot xizmati.
Jamoa mashg‘ulotlari kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" va "Obod" stadionlarida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda "Qo‘qon-1912" murabbiylari futbolchilar bilan yangi taktik ishlanmalar hamda o‘yin paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan standart xolatlar ustida ish olib borishmoqda.
Barcha futbolchi va murabbiylarning kayfiyatlari a’lo darajada. Jamoa shifokorlari barcha futbolchilarni mavsumga sog‘ salomat holatda etib kelishlari uchun mehnat qilishmoqda.
Fikrlar