"Qo‘qonlik Sher"ning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 04.04.2024 12:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 19 aprel kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 57” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator  O‘zbekiston vakillari ham jang qiladi. Jumladan, engil vazn (70,3 kg) toifasida o‘z janglarini olib boradigan Amirxon Alixo‘jaevning (9-4) raqibi ham ma’lum bo‘ldi. U xitoylik tajribali Ayjieke Akenbiekega (20-22-1) qarshi oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Alixo‘jaev so‘ngi jangini “Oktagon 54” turnirida o‘tkazib, unda qozog‘istonlik Ruslan Serikpulovni texnik nokaut bilan mag‘lub qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!