
Rafael Nadal Madridda g‘alaba qozondi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal mamlakatida o‘tayotgan "Masters" turkumidagi musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Rafael "Mutua Madrid Open"ning chorak finalida shveytsariyalik Sten Vavrinkani 6:1, 6:2 hisobida osonlik bilan taslim qildi.
Shu tariqa Nadal Madridda o‘tayotgan turniring yarim finalida gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar