Ramos EChLdagi 140-uchrashuvini o‘tkazdi

  • 25 oktabr, 2023, 11:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich, 3-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu belllashuv "Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos uchun UEFA Chempionlar Ligasidagi 140-uchrashuv bo‘ldi. Shu tariqa, Serxio turnir tarixida bu ko‘rsatkichga erishgan 10-futbolchiga aylandi.

To‘qqizinchi va sakkizinchi o‘rinlarda uning "Real"dagi sobiq jamoadoshlari Toni Kroos va Raul Gonsales joy olgan. Ularda mos ravishda 141 va 142 ta o‘yin bor, shuning uchun guruh bosqichining keyingi turlarida Ramos ularga etib olishi va o‘zib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, turnir rekordchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi - u evrokuboklarda 183 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!