Ramos Kasilyasni ortda qoldirmoqchi

  • 23.03.2018 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish  bo‘yicha Iker Kasilyasni ortda qoldirish niyati borligi haqida aytib o‘tdi.

“O‘z mamlakating terma jamoasida o‘ynashdan yaxshiroq narsa yo‘q. Men Ispaniya terma jamoasida o‘yin o‘tkazish borasida rekordchi bo‘lmoqchiman. Modomiki meni ushbu jamoaga chaqirishmoqda ekan, men o‘ynashda davom etaveraman”, - deydi Ramos.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi hozircha Ispaniya terma jamoasi safida 149ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bu boradagi rekordchi esa Ikera Kasilyas (167ta) hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!