Ramos Messi bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin

  • 6 yanvar, 2021, 17:41
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madrid super klubi prezidenti Florentino Peresning bayramdan so‘ng, muammolari ko‘payib ketdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoa sardori Serxio Ramos 1 yanvardan boshlab, istagan klubi bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan esa, vaziyatni tezroq o‘z foydasiga hal qilish ilinjida Peresga bosim o‘tkazmoqda. Uning aytishicha, Ramosning kelajagi borasida savolar ichki muhitning yomonlashib ketishiga sabab bo‘lyapti.

Tecno

Ramos3

35 yoshli himoyachining "Real" bilan yangi shartnoma borasida olib borayotgan muzokaralari juda og‘ir o‘tmoqda. Bu hech kimga sir emas. "Qaymoqranglilar" rahbariyati o‘z sardori istaganidek, uzoqroq muddatli shartnoma taklif etishdan bosh tortmoqda. Ramos esa, o‘z faoliyatidagi so‘nggi katta shartnomaga ega bo‘lish maqsadida boshqa klubga yo‘l olishga ham tayyor. Peres Ramosning shartnomasidan bejizga tejab qolmoqchi emas. Pandemiya sababli klub juda katta zarar ko‘rdi. Boz ustiga, stadionni qayta ta’mirlash uchun millionlar sarflanmoqda. Jamoa shu qadar pulni tejamoqdaki, xatto so‘nggi 30 yilda ilk bor yozda transferga qo‘l urmadi. Ramos esa, klub uchun qilgan mehnatlari sababli, 2 yillik shartnomaga loyiq ekanligini chuqur his etmoqda. Taniqli "Marca" nashri, yaqindagina «Kapitanni jamoada olib qolish uchun 100 ta sabab» nomli kattagina maqola e’lon qildi. Ispaniyada deyari barcha shu mavzu haqida fikr bildirmoqda.

Ramosning "Real" bilan shartnomani uzaytirmagani boshqa grand klublarning e’tiborini tortdi. Shu bois, taniqli jurnalist Alfredo Duro o‘z "Tvitter" akkauntida voqeaga izoh berdi:

"Menga tushuntirib bering! Qanday qilib, "Real" afsonasi o‘ziga klub qidirib yurgan futbolchilar ro‘yxatiga tushib qoldi?!"

Ushbu so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda juda keng muhokama qilindi. Hatto, Ramoslarning kattasi Rene ham o‘z izohini qoldirdi. Futbolchining akasi va agenti sanalgan Rene bergan xabarlarga qaraganda, Serxioni o‘z safida ko‘rishni istagan klublar soni 10 dan ortib ketgan.

"El chiringuito" nashrining ma’lum qilishicha, Madrid klubi o‘zining "30 yoshdan keyin" siyosatini ishga solishni boshlagan. Shu bois, rahbariyat yiliga 12 million evro maosh ko‘rsatilgan ikki yillik shartnomani Ramosga taqdim etishni istamayapti.

Ramos2

Ispaniyalik insayder Xosep Pedrerolning xabar qilishicha, "Elche"ga qarshi uchrashuv oldidan shaxsan Florentino Peres himoyachi bilan ko‘rishgan va uni jamoada qolishga undagan. Ma’lumotlarga qaraganda, klub prezidenti Ramosni o‘z maoshi kamayishiga va bir yillik shartnomaga imzo chekishga undagan. "El Kapitano" esa, bunga keskin rad javobini bergan. U o‘zi uchun yangi variantlar izlayotganini qo‘shib qo‘ygan. "El chiringuito"ning xabar berishicha, Ramos o‘zi bilan PSJ qiziqib qolganini va yozda Parij klubi Messini tarkibga qo‘shib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Parijliklar "Real"dan farqli o‘laroq, "El Kapitano"uchun yiliga 20 million evro maosh ko‘rsatilgan 3 yillik shartnoma berishga tayyor ekanligini aytgan. Hozircha, Ramos uchun kurash olib borayotgan "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Yuventus" shaxsiy shartnoma bandlarini ma’lum qilganicha yo‘q.

Florentino Peresning shartnomalar borasidagi muammolari Ramos bilan o‘z yakuniga etmaydi. Lukas Vaskes va Luka Modrich ham ayni damda shartnomadagi o‘zining so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. 29 yoshli Vaskes jamoada qolish evaziga o‘z maoshi bir necha barobar ko‘tarilishini talab qilmoqda. Modrichning klubga kerak ekanligiga ishonchi komil. Shunday bo‘lsada, u bilan bir nechta grand jamoalar shartnoma tuzishga tayyor.

ramos

Ispaniyaning "Marca" nashri Madrid klubidagi ichki vaziyatlarga Florentino Peresni sababchi qilib ko‘rsatmoqda. Nashr Peres davrida "Qirollik klubi"ning birorta afsonasi faoliyatini "Santyago Bernabeu"da yakunlamaganiga sha’ma qilishdan to‘xtamayapti.Katta ehtimol bilan, bu an’ana davom etadi. Sababi, bundan ikki oy ilgari Ramos "Real" bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor edi. U o‘z maoshi o‘zgarmagan xolda, yana ikki yillik shartnomaga imzo chekmoqchi bo‘lgan.

Ramos6

Endi esa, qishki transfer oynasi ochildi. Serxio mavsumni "qaymoqranglilar" safida yakunlashi katta ehtimol. Keyin, balki yangi marralarni zabt etish maqsadida Parijga ko‘chib ketar. Ispan OAVning ma’lum qilishicha, arab shayxlari PSJni chinakam yulduzlar mashinasiga aylantirish uchun mablag‘ni ayab o‘tirmoqchi emas. Shu bois, kelasi mavsumda Ramos va Messini bir klub libosida ko‘rib qolsak, ajablanmaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!