Ramos Messidan o‘zib ketdi

  • 29 yanvar, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Lionel Messini ortda qoldirdi.

La Liganing 22-turida “Osasuna”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv Serxio Ramos uchun milliy chempionatdagi 521-o‘yin bo‘ldi. Lionel Messi “Barselona” safida o‘ynagan davrda Ispaniya chempionatida 520 ta uchrashuvda qatnashgandi.

Skrxio Ramos uchrashuvlarning katta qismini “Real” libosida o‘tkazgan. Keyin u ikki mavsum davomida PSJda Messi bilan birga to‘p tepdi.

Ispaniya chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar sifatida darvozabon  Andoni Subisarreta va Xoakin qayd etilgan. Ular 622 tadan o‘yinda qatnashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!