Rasman: Messi ketdi!
Argentina terma jamoasi yetakchi forvardi Lionel Messi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlash qarorini qabul qildi. U bu haqida o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
«Jahon chempionati finali ortida qolganiga bir oz vaqt o‘tdi. Shu kunlargacha ko‘p o‘yladim va endi hammaga terma jamoadan ketishimni aytishga tayyorman. Bu qaror menga oson kechmadi, lekin tushunib turibmanki, vaqti keldi», — deya ta’kidlaydi Messi.
«Men terma jamoa uchun borimni berdim, endi beradigan hech narsam qolmadi. Shu bilan birga, juda kuchli yosh avlod voyaga yetib kelyapti, ular terma jamoada o‘ynashga haqli».
«Doim yonimda bo‘lgan, bu go‘zal, biroq og‘ir sayohatda meni qo‘llab-quvvatlagan oilamga katta rahmat aytaman. Shuningdek, men bilan birga ishlagan har bir murabbiy, jamoadoshlarim va rahbariyat vakillariga minnatdorchilik bildiraman».
«Terma jamoadan ketar ekanman, xotirjamman va faxr tuyyapman — chunki jamoadoshlarim bilan birga sizlarga faqat orzu qilish mumkin bo‘lgan lahzalarni in’om etdik. Bularning barchasini sizlar bilan birga boshdan kechirish — haqiqiy mo‘’jiza edi. Sizlarni sevaman! Olg‘a, Argentina!»
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 207 o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urgan. U 2022 yilda jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan, ortidan to‘rt yil o‘tib, yana bir bor jahon chempionati finaligacha yetib borgan.

Fikrlar