Rasman! Postekoglu iste’foga chiqarildi
"Nottingem Forest" rasman Anje Postekogluni iste’foga chiqardi. Klub biroz avval APLning 8-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalida 17-o‘rinda qoldi.
Avstraliyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa faqatgina bitta uchrashuvda g‘alaba qozondi. U ham bo‘lsa 17 avgust kuni "Brentford" ustidan. Shundan keyin "Nottingem Forest" umuman zafar quchmadi.
Postekoglu bundan oldin "Tottenxem"da ishlagandi. Uning qo‘l ostida o‘tgan mavsumni "shporlar" 17-o‘rin bilan tugatishgandi.



Fikrlar