Rasman! “Roma” transferni e’lon qildi

  • 24 yanvar, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga tajribali darvozabon Perluiji Gollinini qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Aslida 29 yoshli posbon “Atalanta”ga tegishli, biroq mavsumni ijara asosida “Jenoa”da boshlagan edi.

Gollinining transferi rimliklarga 800 ming evroga tushdi. Bu haqda Transfermarkt portali ekspertlari ma’lum qildi.

- Perluiji, Rimga xush kelibsan!, - deb xabar tarqatdi “Roma” matbuot xizmati.

Ushbu darvozabon A Seriyada “Jenoa” uchun 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba darvoza daxlsizligini saqlab qoldi va jami 15 ta gol o‘tkazib yubordi.

Gollini umumiy hisobda A Seriyada “Jenoa”dan tashqari “Atalanta”, “Verona”, “Fiorentina” va “Napoli” safida 129 ta o‘yinda ishtirok etgan. Shuningdek, bu darvozabon 2012-2014 yillari “Manchester Yunayted” tizimida malaka oshirgan, Angliya Premer-ligasida “Tottenxem” va “Aston Villa” sharafiniam himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!