Rasman! Superklub katta transferni e’lon qildi

  • 27 avgust, 2024, 14:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi Fransishku Konseysau faoliyatini Turinning “Yuventus” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Transfer amalga oshgani haqida “Yuventus” matbuot xizmati rasmiy ma’lumot tarqatdi.

Konseysau “Portu” jamoasiga tegishli o‘yinchi hisoblanadi. Kelishuvga ko‘ra, Turin superklubi uni mavsum oxrigacha ijaraga oldi.

Portugaliya klubi iqtidorli futbolchini jamoaga qaytarish maqsadida turinliklarga uni to‘liq transfer qilish huquqini bermadi.

Konseysauning ijarasi Italiya klubiga 7 million evroga tushdi. Shuningdek, natijalarga qarab, “Yuventus” 3 million evrogacha bonus ajratishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!