Rasman! Umarali Rahmonaliev "Rubin"ni tark etdi
Ozarbayjonnning "Sabah" jamoasi Umarali Rahmonalievning transfer huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Sabah" FK yarim himoyachi Umarali Rahmonalievning transfer huquqini qo‘lga kiritdi. Rossiyaning “Rubin” klubi bilan tuzilgan shartnomada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosining ijarasi bo‘yicha ko‘rsatilgan transfer bandi kuchga kirdi. Umarali bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi 2025 yilning yanvar oyidan buyon “Sabah” a’zosi bo‘lib, jamoamiz safida jami 36 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan", - deyiladi xabarda.
Rahmonaliev Qozon jamoasi safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar