Rayola "Yuventus" hujumchisining jamoadan ketishini xohlamoqda
FIFA agenti Mino Rayola “Yuventus” klubi hujumchisi Moyze Kinning jamoadan ketishini istamoqda. Italiya nashrlarining xabar berishicha, Rayola mijoziga o‘yin amaliyoti etishmayotganidan norozi va bu borada klub rahbariyati bilan ham uchrashdi.
Ayni paytda Kinning xizmatlariga A seriyaning "Bolonya", "Verona" va "Krotone" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish joiz, agarda hujumchi jamoani tark etgan taqdirda yuqoridagi klublar qayta sotib olish sharti bilan 15 million evro to‘lashlari lozim bo‘ladi.



Fikrlar