“Real” 16 yoshli gigant darvozabon topdi

  • 1 sentabr, 2023, 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa kelajagi uchun yosh futbolchilar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Tecno

Klub skautlari mutasaddilarga 16 yoshli ukrainalik darvozabon Ilya Voloshinni transfer qilishni tavsiya qildi.

Bu futbolchi ayni paytda quyi divizionda “Rayo Maxadaonda” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Marca  nashri jurnalisti Ramon Alvares de Monning yozishicha, “Qirollik klubi” yosh darvozabon bilan shaxsiy masalalarni kelishib bo‘lgan. Mutasaddilari hozir “Rayo Maxadaonda” rahbarlari bilan muzokarani davom ettiryapti.

Mutaxassislar yosh bo‘lishiga qaramay, bo‘yi 2 metrdan oshadigan golkiperning kelajagi porloq bo‘lishiga ishonyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!