
"Real" afsonasi Mbappe penalti tepmaganiga munosabat bildirdi
Guti Kilian Mbappe "Real"da penalti tepuvchi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Madrid klubi La Liga 3-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinning (1:1) 69-daqiqasida mezbon himoyachi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani sababli penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik zarbani Vinisius golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.
"Qirollik klubi" sobiq himoyachisi Guti "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida frantsuz futbolchi nuqtaga kelmagani uchun e’tiroz bildirdi.
"Agar Mbappening o‘rnida bo‘lganimda, vaziyatga nisbatan munosabatim boshqacha bo‘lardi. Krishtianu Ronaldu kelganiga 15 kun bo‘lganida ham undan penalti olib qo‘yilmasdi", - dedi Guti.
Fikrlar