“Real”: “Barsa”ga hali bor
Transfermarkt portali Ispaniya chempionatining yuqori divizionida ishtirok etayotgan jamoalar tarkibini narxladi.
Unga ko‘ra, eng qimmat tarkib “Real”niki bo‘lib chiqdi. Karlo Anchelotti umumiy qiymati 1,03 milliard evro bo‘lgan jamoaga ustozlik qilyapti.
“Barselona” bu ko‘rsatkich bo‘yicha madridliklardan ortda qolib ketgan. Kataloniyaliklar umumy narxi 862 million evrolik futbolchilarni jamlay olgan.
Chempionlar ligasida ispanlar sharafini himoya qilayotgan yana ikki jamoaning ko‘rsatkichlari ancha kamtar. “Atletiko” 472 million evrolik tarkib bilan uchinchi o‘rinda. “Real Sosedad”ning o‘yinchilari 433 million evro turadi.
La Liganing eng arzon jamoalari “Kadis”(60 mln evro), “Las-Palmas” (54 mln evro) va “Alaves» (52 mln evro) hisoblanadi.

Fikrlar