«Real» «Barselona» transferiga xalaqit berdi
Ispaniyalik jurnalist Xose Al’vares «Real Madrid»ning ashaddiy raqibi «Barselona»ga zarar yetkazishga qaratilgan g‘alati taklif ortidagi sirni ochdi.
Uning ma’lum qilishicha, kecha «Real» «Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares uchun 150 million yevro taklif qilgan. Bu futbolchiga ancha vaqtdan beri «Barselona» da’vogarlik qilib kelyotgan edi. Ammo kataloniyaliklar klubdagi murakkab moliyaviy vaziyat tufayli 120 million yevrodan ortiq taklif bera olmayapti.
Manbaga ko‘ra, aslida «Real» Al’varesni sotib olish niyatida bo‘lmagan. Madrid klubining asosiy maqsadi transfer narxini sun’iy ravishda oshirish, shu orqali «Barselona»ni moliyaviy imkoniyatlaridan yuqori chegara majburlash bo‘lgan.
Natijada «Real» to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi bo‘lgan kataloniyaliklarni tarkibni kuchaytirish imkoniyatidan mahrum etishga urinagani aytilmoqda.

Fikrlar