"Real" "Bavariya"dan himoyachi oladi
Madridning "Real" klubi shartnoma muddati 2025 yilda tugaydigan "Bavariya" chap qanot himoyachi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda. "Real" uni 2024 yilda sotib olmoqchi.
Madridliklar himoyada ham, hujumda o‘ynay oladigan o‘yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi va Devis bu borada eng yaxshi variant hisoblanadi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti kanadalik himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.
Ma’lumot uchun, Alfonso joriy mavsum Bundesligada 6 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar