"Real" Bellingem bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 09.09.2026 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» jamoasi yarim himoyachi Jud Bellingemni tarkibda saqlab qolish niyatida. Bu haqida jurnalist Ramon Alvares xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi ingliz futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilgan. «Qaymoqranglar» Bellingemning kelajagi borasida aniq­lik yuzaga kelgan bir paytda uni jamoada uzoq muddat qoldirishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Jud Bellingem «Real» tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!