“Real” Bellingem bo‘yicha muhim xabar tarqatdi
“Real” etakchisi Jud Bellingem yaqinda jarohat olib, safdan chiqqan edi.
Madrid klubi rasmiy sayti angliyalik hujumkor futbolchi jarohatidan qutilib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgani haqida xabar tarqatdi.
Ma’lum qilishicha, elkasidan shikastlanlan 20 yoshli futbolchi 26 noyabr kuni “Kadis”ga qarshi o‘tkaziladigan bahsda maydonga tusha oladi.
Jud Bellingem yozda “Borussiya”dan 103 million evroga transfer qilingan edi. Joriy chempionatda u o‘nta gol urib, to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar