«Real» Bernardu Silvaga ishonmay qoʻydi

  • 13.07.2026 14:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubiga yangi qo‘shilgan Bernardu Silva yangi mavsumni zahirada boshlashi mumkin.

Yoz boshida «Real» «Manchester Siti»ning sobiq sardori bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan edi. O‘shanda bosh murabbiy Joze Mourinyo vatandoshini jamoaning asosiy tarkibida muhim figura sifatida ko‘rayotgani aytilgan.

 

Biroq Diario AS nashri yozishicha, bu rejalar qayta ko‘rib chiqilmoqda. Klub rahbariyati Portugaliya terma jamoasi safida jahon chempionatidagi o‘yinlaridan so‘ng Bernardu Silvaning asosiy tarkibdagi o‘rni bo‘yicha aniq qarorga kelmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, portugalialik yarimhimoyachi «Real» bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!