
“Real” bu borada birinchi!
Yozgi transferlar vaqtida Ispaniya yuqori divizioni jamoalari tarkibini kuchaytirish uchun umumiy hisobda 412 million evro safrladi.
Shuningdek, La Liga jamoalari jami 542 million evroga o‘yinchi sotdi.
Yozdagi xarajatlarga ko‘ra, “Real” eng ko‘p pul sarfladi. “Qirollik klubi” g‘aznasi 130 million evroga engilladi. Bu summadan katta qismi – 103 millioni jamoaga katta foyda keltira boshlagan Jud Bellingem transferiga yotqizildi.
Qolgan jamoalarning transfer chiqimlari u qadar katta emas. Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Almeriya” tarkibini La Ligaga moslashtirish uchun jami 38 million evro ishlatdi.
Uchinchi pog‘onadagi “Atletiko” yangi o‘yinchiarni 35 million evroga oldi.
Transferlarga pul ishlatgan jamoalar orasida so‘nggi o‘rinni 3,4 million evro xarajat qilgan “Barselona” egallab turibdi.
“Atletik” esa, yozda birorta yangi futbolchi xarid qilgani yo‘q. Shunga yarasha chiqim ham bo‘lmadi.
Fikrlar