"Real"dan shu yulduzni olmasak bo‘lmaydi!
«Manchester Yunayted» rahbariyati «Real» yarim himoyachisi Orelien Tchuamenini qo‘lga kiritish masalasida hanuz umidni yo‘qotmagan.
Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ingliz klubi fransuz futbolchisini imzolash rejasidan chekinmagan. Tchuameni «Real» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga qaramasdan, «Manchester Yunayted» rahbariyati madridliklar taklif tushsa, futbolchini sotish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Manbalarga ko‘ra, Tchuameni bir necha mavsumdan buyon «Yunayted» uchun yarim himoyani kuchaytirish yo‘lida ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rilib kelinadi.
Shu bilan birga, hozircha «Real» 26 yoshli futbolchi uchun qay darajada to‘lov talab qilishi noma’lum. Transfer amalga oshishi uchun Tchuamenining o‘zi qaysi moliyaviy shartlarga rozi bo‘lishi masalasi ham ochiq qolmoqda.
O‘tgan mavsumda fransuz yarim himoyachisi barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar