
“Real” g‘aroyib to‘purar topdi
“Real” hujum chizig‘ida yulduzlarga joy etishmayotganiga qaramay, oldingi chiziq uchun yana yangi o‘yinchi oladigan bo‘lyapti.
Madridliklarning nazari “Aston Villa” hujumchisi Jon Duranga tushdi. Ayni paytda 20 yoshli futbolchi Evropaning bir necha klublari e’tiborini tortmoqda.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” selektsiya bo‘limi mutasaddilari kolumbiyalik futbolchining natija va ko‘rsatkichlarini tahlil qilib bormoqda.
Duran mavsum boshidan beri barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi. Qizig‘i shundaki, kolumbiyalik markaziy hujumchi gol urish uchun juda kam vaqt sarflayapti. U o‘zi ishtirok etgan to‘qqizta o‘yindan sakkiztasida zaxiradan maydonga tushgan.
Jon Duran Kolumbiyaning “Envigado” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yilning yanvarida uni AQShning “Chikago” jamoasi 1,7 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Amerikaliklar iqtidorli hujumchini bir yil o‘ynatib, “Aston Villa”ga o‘n baravar qimmatiga sotib yubordi.
Fikrlar